Buyuk Britaniyaning Nottingem universiteti olimi Richard Ramchern syujeti tomoshabin qiziqishiga qarab o‘zgaradigan film yaratdi. Bunda maxsus dastur miya faolligini hisoblaydi. Unga asosan voqealar rivoji boshqariladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Film “Lahza” nomini olgan. Uning davomiyligi 27 daqiqani tashkil qiladi. Voqealar odam uchun asosiy xavf sun’iy intellekt bo‘lgan antiutopik kelajakda bo‘lib o‘tadi.
Film premyerasi 7-iyunda bo‘lib o‘tishi kerak.
Izoh (0)