“O‘zbekkino” milliy agentligi hamda O‘zbekistondagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi tomonidan tashkil etilgan VI Yevropa kinosi festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda delegatsiya rahbari, elchi Eduards Stiprays, turli mamlakatlarning O‘zbekistondagi elchilari, kinoijodkorlar, OAV vakillari, va mehmonlar ishtirok etdi. Festival rejissyor Anna Luifning (Shveysariya) “Telbalarcha oshiq” filmi bilan ochildi.
Festival davomida Shveysariya, Vengriya, Sloveniya, Chexiya, Latviya, Germaniya, Ruminiya, Finlyandiya, Fransiya, Belgiya kinoijodkorlarining 12 ta filmi taqdim etiladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda Yevropa kinosi festivali oltinchi marotaba o‘tkazilmoqda. Festival 25—31-may kunlari Toshkent shahrida, 28—31-sentabr kunlari Shahrisabz shahrida, 12—14-oktabr kunlari Farg‘ona shahrida davom etadi.
Izoh (0)