Yevroittifoq kengashi Suriya hukumatiga qarshi sanksiyalarni 2019-yilning 1-iyuniga qadar uzaytirdi, deb xabar beradi “RBK”.
Kengash, shuningdek sanksion ro‘yxatni ham yangiladi. Undan ikki nafar marhumning ism-familiyasi olib tashlandi.
Hozirda ro‘yxatda 259 nafar jismoniy va 67 nafar yuridik shaxs mavjud.
Sanksion ro‘yxatdan o‘rin olgan fuqarolarga Yevroittifoq hududiga kirish taqiqlangan. Bundan tashqari, sanksiyalar Suriya markaziy bankining Yevroittifoqda saqlanayotgan aktivlarini muzlatish hamda ichki iste’mol uchun ishlatiladigan texnologiya va jihozlar eksportini cheklashni ko‘zda tutadi.
Izoh (0)