O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi 2018-yilning 24—25-may kunlari Yerevan shahrida hamkorlikning huquqiy bazasini inventarizatsiya qilish va takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston—Armaniston maslahatlashuvlarida ishtirok etdi.
O‘zbekiston TIV matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, uchrashuvda Armaniston tomonidan TIVning Yuridik departamenti direktori Satenik Abgaryan boshchiligidagi delegatsiya qatnashdi.
Xabar berishlaricha, uchrashuvda shartnomaviy-huquqiy bazaning umumiy holati ko‘rib chiqilgan, ikki tomonlama hujjatlar loyihalari yuzasidan fikr almashilgan, hamkorlikni yanada rivojlantirish, uning huquqiy asoslarni kengaytirish masalalarini muhokama qilingan.
“Maslahatlashuvlar davomida ikki mamlakatning savdo-iqtisodiy, investitsiya, turizm va transport-kommunikatsiya sohalaridagi hamkorligini faollashtirish uchun zarur bo‘lgan huquqiy bazani shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi”, — deyiladi TIV axborotida.
Izoh (0)