Buxoro viloyatida “Qoradori—2018” tadbiri o‘tkazilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.
Xabar berishlaricha, tadbir davomida 24*may kuni Buxoro shahrida yashovchi N.S.ning uyidan 18 kilogramm 482 gramm ko‘knori giyohvandlik moddasi topilgan.
“Topilgan giyohvandlik moddasi daliliy ashyo sifatida olindi”, — deyiladi IIV axborotida.
Izoh (0)