Qoraqalpog‘istonning Qonliko‘l tumanida konservalangan havo suveniri sotilmoqda, deb xabar berdi “KRuz.uz”.
Xabarda yozilishicha, Qonliko‘l tuman “Qonliko‘l” posyolka fuqarolar yig‘ini hududida “Aydos Diyorbek” xususiy korxonasi tomonidan “Orol dengizi mintaqasi havosi” konservalangan suveniri ishlab chiqarilmoqda.
“Konserva qilingan havo – o‘z ichiga turli xil hissiyotlarni to‘plagan asl suvenir hisoblanadi. Suvenirni sotib olgan turist faqat konservadagi havoni emas, balki Qoraqalpog‘iston, Orol dengizi hududlari haqidagi xotiralarini ham o‘zi bilan birga olib ketadi”, — deyiladi xabarda.
Ishlab chiqaruvchilarning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, bitta konservalangan suvenirning bahosi 8000 so‘m (1 dollar).
Izoh (0)