Bosh prokuratura ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan Toshkent shahridagi 22-sonli “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchisi S.Qurbonovaning uy-joy ajratib berilishida amaliy yordam ko‘rsatish haqidagi murojaatini ko‘rib chiqdi.
S.Qurbonova 2013-yil 16-mayda Samarqand shahar hokimligiga uy-joy bilan ta’minlash masalasida murojaat qilgan bo‘lsa-da, hokimlik tomonidan buning chorasi ko‘rilmasdan, shahar Xalq ta’limi bo‘limiga murojaat qilishi haqida tushuntirish berilgan.
Vazirlar Mahkamasining “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turar joylar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan S.Qurbonovani uy-joy bilan ta’minlash maqsadida Samarqand viloyat hokimligiga murojaat qilinib, unga Samarqand shahri, G‘.Karimov ko‘chasida joylashgan barcha sharoitlarga ega 17-xonadon ajratib berilishi ta’minlandi.
S.Qurbonovaning muqaddam uy-joy ajratib berish masalasida qilgan murojaatlarini ko‘rib chiqishda sansalorlikka yo‘l qo‘ygan mutasaddi idoralar mansabdor shaxslariga nisbatan prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanildi.
Izoh (0)