Samarqand viloyatining Payariq tumanida yo‘l-patrul xizmati inspektorini urib yuborib o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
24-may, payshanba kuni soat 12:05 da Samarqand viloyatining Payariq tumanida yo‘l-patrul xizmati inspektori Ibrohim Nishonov “Damas” rusumli avtomashinani haydovchi telefonda gaplashib kelayotganligi sababli to‘xtatgan.
Haydovchi to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, harakatni davom ettirgan va Nishonovni qasddan urib yuborgan. Haydovchi voqea joyidan qochib ketgan. Ibrohim Nishonov jarohat olgan va kasalxonada vafot etgan.
Xabar berishlaricha, “Damas”ning egasi aniqlandi va u qo‘lga olingan.
Izoh (0)