Donald Tramp ma’muriyati milliy xavfsizlikni himoya qilish bahonasida import avtomobillar uchun bojlarni 25 foizga qadar oshirishga tayyorlanmoqda, deb xabar berdi Euronews.
Bu kabi tahdidlarni asoslash uchun AQSh Savdo vazirligi tomonidan tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Mazkur reja ayrim ishbilarmonlarning noroziligiga sabab bo‘lishi mumkin. Jumladan, AQSh bilan hamkorlik qiluvchi xorij kompaniyalari, shuningdek, xorij avtomobillarini sotuvchi amerikalik riteylerlar ular orasida.
Avvalroq, AQSh prezidenti o‘zining Twitter’dagi sahifasiga “Buyuk avtomobil sanoatimiz katta yangiliklar kutmoqda. Sizlar bir necha o‘n yillar davomida xorijdagi ish o‘rinlardan ayrilib, juda uzoq sabr qildingiz”, deya post qoldirgandi.
Shuningdek, Tramp bir necha bor Amerika avtomobillarining Yevropaga eksportiga xalaqit berayotgan Yevropa Ittifoqini ham tanqid qilgan.
Izoh (0)