O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovning Jahon banki guruhining iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha katta direktori Shanta Devaradjan va Jahon bankining O‘rta Osiyo bo‘yicha hududiy direktori Liliya Burunchuk bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.
Uchrashuv davomida mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning hozirgi holati, erishilgan natijalar va O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy rivojlanishi uchun zarur islohotlarning kelajakda amalga oshirilish istiqbollari yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Xususan, mamlakat miqyosida makroiqtisodiy barqarorlikning ta’minlanishi, narxlarni yanada erkinlashtirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Muzokaralar davomida alohida e’tibor sarmoyaviy loyihalar va texnik ko‘maklashish loyihalarining amalga oshirilishidagi istiqbolli hamkorlikka qaratildi.
Vazirlik mutaxassislari tomonidan Jahon bankining respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashda strategik hamkor bo‘lib kelayotganligi alohida ta’kidlandi.
Izoh (0)