24-may kuni Andijon tumanida yashovchi A.E.ning uyida yong‘in sodir bo‘lib, yong‘in oqibatida uyining 80 kvadrat metr maydonida tom, shift qismi va uy jihozlari hamda hovlisida turgan Cobalt rusumli avtomashinasi to‘liq yonib zarar ko‘rgan, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
A.E. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Dastlabki surishtiruv natijasida yong‘in uyi oshxonasida elektr isitish pechiga suv qo‘yib, qarovsiz qoldirilishi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlangan.
Izoh (0)