Toshkent shahar IIBB Yonig‘in xavfsizligi boshqarmasi va O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi hamkorligida 24-may, payshanba kuni “Yosh o‘t o‘chiruvchi—2018” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Shahar IIBBdan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, musobaqada kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablaridan jami 44 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra Chilonzor tumanining o‘t o‘chiruvchilari kollej o‘quvchilari orasida chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, maktablar bo‘yicha yunusobodlik o‘quvchilarga teng keladigani topilmadi.
Izoh (0)