JCh-2018 vaqtida Angliya terma jamoasini maydonga sardor sifatida boshlab tushadigan o‘yinchi nomiga terma jamoa bosh murabbiyi Garey Sautgeyt aniqlik kiritdi, deb yozadi “Sports.ru”.
“Keyn — haqiqiy professional. Sardor uchun ishga nisbatan yuqori darajali munosabatni saqlab turish o‘ta muhim. Unda kuchli e’tiqod mavjud. Dunyoning yaqin kelajakdagi eng yaxshi o‘yinchilaridan birini jamoaga sardor qilib tayin etish juda muhim hisoblanadi”, — deydi Sautgeyt.
Izoh (0)