Joriy yilning 19-may, shanba kuni O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasining navbatdan tashqari saylov konferensiyasida Botir Parpiyev(Davlat soliq qo‘mitasi sobiq rahbari) assotsiatsiya prezidentligidan ozod etilgan hamda yangi rahbar sifatida Laziz Hasanov tanishtirildi, deb yozadi “Xabar.uz”.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, yangi rahbar oldiga ma’lum talab va vazifalar qo‘yilgan.
Jumladan, Laziz Hasanov qisqa vaqt ichida terma jamoalarga iqtidorli sportchilar yetkazib berish tizimini qayta ko‘rib chiqishi, murabbiylar malakasini oshirishga e’tiborni kuchaytirishi, Osiyo va Olimpiya o‘yinlari kabi nufuzli musobaqalarda o‘zbekistonlik taekvondochilarning muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun zarur choralar ko‘rishi kerak bo‘ladi.
Izoh (0)