• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Chiroqchiga xos ertak yoxud bir xonali ta’lim maskani

    “Ishonch” gazetasida jurnalist Akmal Abdiyevning Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida butun binosi bitta xonadan iborat maktab haqidagi maqolasi chop etildi. Quyida maqola e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: “Ishonch” gazetasi

    Foto: “Ishonch” gazetasi

    Chiroqchi — nafaqat Qashqadaryo viloyati, balki mamlakatimizdagi katta hududga ega tuman. “Chorvador” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Og‘zikeng qishlog‘i ham keng hududni egallagan. Bepoyon dasht sarhadlarida joylashgan ushbu qishloqdagi 146-umumta’lim maktabida 306 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Biroq qishloqning xalq tilida “Yantoqsoy mahallasi” deb ataladigan chekka hududida ham maktab yoshidagi bolalar bor. Ularga bu maktab­­ga qatnab o‘qish uzoqlik qilgani uchun qishloq aholisi 2000-yilda hashar yo‘li bilan bir xonadan iborat imorat qurgan va bu yerda maktab “filiali” ish boshlagan.

    Ochig‘i, qishloq ahli bu ishga “bolalar savodsiz bo‘lib qolmasin”, degan maqsadda majburlikdan qo‘l urgan. O‘tgan vaqt mobaynida omonat bino eskirib, anchayin xaroba holga kelib qoldi. Yaqinda u amal-taqal ta’mirlanib, stol-stullar bilan jihozlandi. Qishloqdagilar maktabning yangi filiali binosini qurib berish haqida mutasaddi tashkilotlarga bir necha bor murojaat qilgan bo‘lsa-da, ularga tayin­­li javob berilgani yo‘q.

    Hozir bu yerda bir vaqtning o‘zida bir sinfxonada to‘rtta sinf o‘quvchisiga dars o‘tiladi. Birgina fidoyi muallim To‘ychi Jumanazarov sa’y-harakati bilan qishloq bolalari savod chiqarib, o‘qish-­yozishni o‘rganmoqda.

    — Bir sinfda 1-4 sinflarga mansub bo‘lgan 18 nafar o‘quvchiga dars o‘taman, — dedi To‘ychi aka.— Birinchi sinf o‘quvchilariga dars o‘tayotganimda qolgan sinf o‘quvchilari kutib turadi…

    Bu jumlalarni o‘qiganlarning ayrimlari “bu gaplar o‘tgan asrga tegishli bo‘lsa kerak” degan xayolga borishi tayin. Afsuski, bunday emas. Bu Chiroqchicha zamonaviy ertak bayoni, xolos.

    — Televizor orqali zamonaviy maktablarda o‘qiyotgan tengdoshlarimni ko‘rsam, havas qilaman, — deydi 2-sinf o‘quvchisi Guliston Saidova.

    — Kelajakda harbiy bo‘lmoqchiman, — deydi 1-sinf o‘quvchisi Qahramon Saidov. — Buning uchun yaxshi o‘qishim, sport bilan shug‘ullanishim kerak. Biroq bunga sharoit yo‘q…

    — Katta bo‘lsam, tikuvchi bo‘lishni orzu qilaman, — dedi 4-sinf o‘quvchisi Sabrina Saidova.— Men o‘qituvchi bo‘lmoqchiman…— Men shifokor…O‘quvchilar biri qo‘yib, biri qaysi kasbni yoqtirishini ayta ketishdi. Ularning orzulari bir olam…

    — Qishlog‘imizdagi uylar o‘ta tarqoq joylashgan, — deydi “Chorvador” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Jumaniyoz Abdullayev.Shu sababli kichik yoshli bolalarning bir kunda 4-5 kilometr uzoqlikdagi maktabga borib kelishi qiyin. Qaniydi, chekka hududda ham zamonaviy ta’lim ­maskani qurilsa…

    — Ota-onalarning talabi to‘g‘ri, — deydi qishloqdagi 146-umumta’lim maktabi direktori Jobir Otamurodov. — Chekka hududda yashovchi o‘quvchi asosiy maktabdagi dars­lar boshlanishiga soat 08:00 ga piyoda yetib borishi uchun soat 07:00 da uydan chiqishi zarur. 13:30 da darslar tugasa, o‘qish­lardan charchab-horigan o‘quvchining uyiga yetib borishiga yana bir-bir yarim soat vaqt ketadi. Ya’ni, soat 14:30, 15:00 da uyiga kirib boradi. Bu har qanday o‘quvchini ham toliqtiradi.

    Hozircha Yantoqsoy qishloqchasida yashovchi o‘quvchilar birgina sinfda saboq chiqarayapti. Bilim olishni istaganlar esa boshqa maktabga borishi zarur. Ayni paytda o‘nlab o‘quvchilar­ uyidan uzoqda bo‘lsa-da o‘qish ilinjida sarson-sargardon bo‘lib yuribdi.

    Qishloqdagilarning aytishicha, yaqinda Qashqadaryo viloyati yer-mulk davlat korxonasi Chiroqchi tumani filiali mutaxassislari bu yerga kelib, yangi maktab filiali qurilishi uchun yer maydonini o‘lchab ketishibdi. Lekin qurilish qachon boshlanishi hali ma’lum emas.

    Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi: bu holni mutasaddilar, xususan, Xalq ta’limi vazirligi qanday izohlaydi? Bu qishloqda maktab filialining yangi binosi quriladimi? Yoki ahvol “eski hammom, eski tos”ligicha qolaveradimi? Chiroqchiga xos ertak qanday yakun topadi?Bu kabi savollarga ijobiy yechim topilsa, Og‘zikeng qish­log‘idan nafaqat mohir chavandoz-u chorvadorlar, balki jamiyat uchun nafi tegadigan ko‘plab ziyoli va tadbirkor insonlar yetishib chiqadi. Bunga ishonchimiz komil. Aytgancha, ertaklar ham har doim yaxshilik bilan tugaydi…

    23.05.2018, 15:29   Izoh (0)   33541
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonning Turkmaniston bilan chegarasida Olot chegara-bojxona posti ochildi (foto)

    23.05.2018, 15:17

    Tojikiston Ichki ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyurdi

    23.05.2018, 15:06

    Chiroqchida 37 nafar bola tahsil oladigan maktabda o‘quvchilar uchun umuman sharoit yaratilmagani aniqlandi (foto)

    23.05.2018, 14:55

    Bosh prokuraturada farmasevtika sohasidagi masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazildi

    23.05.2018, 13:33

    O‘zbekiston oyiga 235 dollar ish haqi ko‘rsatkichi bilan jahon reytingida 118-o‘rinni egalladi

    23.05.2018, 13:10

    Turkiyada savdo ishlari bilan yurgan toshkentlik aka-uka ekstremizmda ayblangandi. Ulardan biri O‘zbekistonga qaytdi

    23.05.2018, 12:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “AQSH harbiylari mamlakatga kiritilmaydi” — Meksika prezidenti

    Dunyo | 9 avgust, 18:15

    O‘zbekiston Ozarbayjon—Armaniston tinchlik kelishuvini olqishladi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 17:46

    Ekspert Habib va Konor o‘rtasidagi revansh jang nega o‘tkazilmaganini ochiqladi

    Sport | 9 avgust, 17:45

    “Kalmar o‘yini” qanday suratga olingan: mashhur serialning yaratilish tarixi haqida

    Kino | 9 avgust, 17:40

    O‘zbekistonda ish izlash va xodim topish uchun maxsus portal yaratiladi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 17:39

    “Chaqmoq Makvin” qaytmoqda: Disney mashhur multfilm asosida yangi serial suratga oladi

    Kino | 9 avgust, 16:55

    Surxondaryoda tanishining behayo videolarini tarqatish bilan shantaj qilgan erkak qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 16:40

    “Hushimdan ketdim, hatto tez yordam chaqirmagan” — Qarshida IIB xodimi homilador ayolni kaltaklagan bo‘lishi mumkin (video)

    O‘zbekiston | 9 avgust, 16:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.