Tojikiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ayni damda tashrif doirasida Hayatt Regency Tashkent mehmonxonasining konferensiyalar zalida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-mayor Po‘lat Bobojonov va Tojikiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri militsiya general-polkovnigi Ramazon Xamro Raximzoda bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.
Uchrashuvda terrorizm, ekstremizmning turli ko‘rinishlari, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, noqonuniy migratsiya, odam savdosiga qarshi kurashish, tezkor axborot almashishni faollashtirish yuzasidan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)