23-may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Germaniya Federativ Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Gunter Overfeldni qabul qildi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.
Muloqot chog‘ida ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi. Alohida e’tibor iqtisodiy, investitsion, savdo va texnologiya sohalaridagi hamkorlik istiqbollariga qaratildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston—Germaniya aloqalarini turli darajalarda va shakllarda, shu jumladan, davlat va jamoat tuzilmalari, biznes doira o‘rtasida delegatsiyalar almashinuvini faollashtirish bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)