Bugun, 22-may kuni Bishkekda OITS oqibatida vafot etganlarni Xalqaro xotirlash kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi KNews.
Qirg‘iziston OITS markazi direktori Ulan Qadirbekovning so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda butun mamlakat bo‘ylab immunitet tanqisligi sindromi bilan kasallangan 8240 nafar odam ro‘yxatga olingan, ularning 1000 dan ortig‘i halok bo‘lgan. Ular orasida 76 nafar bola ham mavjud.
“OITS — bu umumilliy muammo, shu sababli butun jamiyat uni bartaf etish yo‘lida birlashishi kerak. Shuni yaxshi tushunishimiz kerakki, ushbu odamlar ta’qibsiz davolanish uchun bizga murojaat qilishlari yo‘lida harakat qilishimiz kerak”, — deydi Qadirbekov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, 2016—2017-yillarda immunitet tanqisligi sindromini (“VICH”) davolash uchun 20 million qirg‘iz so‘mi ajratilgan bo‘lsa, 2018-yilda ushbu mablag‘ 40 million so‘mni tashkil etgan.
Izoh (0)