Tataristonda parashyutda sakrash chog‘ida yuz bergan baxtsiz hodisa sababli ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Erkin tushish chog‘ida sportchilardan biri boshqa bir sportchining ochilgan parashyutiga urilgan. Rossiya Tergov qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan videoda jamoa a’zolari yerga tushgach, jabrlanganlar tomonga yugurib ketgani aks etgan.
Olingan tan jarohati oqibatida bir kishi tez yordam mashinasida, ikkinchisi esa bir necha soatdan so‘ng kasalxonada vafot etgan. Aeroklub xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, ikkala sportchi ham katta tajribaga ega bo‘lgan, ularning har biri shu vaqtga qadar 600 martadan ko‘proq parashyutda sakragan edi.
Izoh (0)