Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida o‘tkazilgan maxsus operatsiyada 12 mingta dozadagi giyohvand modda qo‘lga olindi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.
Qozog‘iston IIV xodimlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiyada mamlakat poytaxtida yashovchi ayolning uyidan to‘rt kilogramm geroin giyohvandlik moddasi topilgan.
Xabar berilishicha, ayol o‘zining ishonchli odamlari vositasida giyohvand moddalarni tarqatish bilan shug‘ullangan. Bu shaxslar ham operatsiya vaqtida noqonuniy ravishda katta miqdorda giyohvand modda saqlaganligi uchun qo‘lga olingan.
Maxsus operatsiya vaqtida noqonuniy aylanishda bo‘lgan 12 mingta dozadagi qiymati 48 million tangadan (1 152 000 000 so‘m) ortiq giyohvand modda jinoyatchilardan olib qo‘yilgan.
Izoh (0)