Surxondaryo viloyati, Angor tumanida yashovchi O‘.O. 19-may kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida Nexia mashinasida ikki kishining o‘limiga sabab bo‘lgan YTH sodir etdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
U avtomobilini “Toshkent—O‘sh” yo‘lining 174-kilometrida haydab ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodala — Angren shahrida yashagan ayol va uning uch yoshli o‘g‘lini urib yubordi.
Hodisa oqibatida ona-bola jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, hayotdan ko‘z yumdi.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)