Venesuela prezidenti Nikolas Maduro davlat rahbari saylovida 5,8 milliondan ortiq ovoz (68 foiz) to‘plab, g‘olib bo‘ldi, deb yozadi “RIA Novosti” Milliy saylov kengashiga tayanib.
Saylovga saylovchilarning 46,01 foizi kelgan. Ovozlarning 92,6 foizi hisoblab chiqilgach, Maduro 5 823 718 ta, (muxolifat nomzodi) Enri Falkon — 1 820 552 ta va Xavyer Bertuchchi — 925 mingta ovoz to‘plagani ma’lum bo‘ldi.
Shu tariqa, Maduro davlat rahbari lavozimida 2025-yilgacha qoladi.
Muxolifat yetakchisi Enri Falkon saylov natijalarini tan olishdan bosh tortdi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, ovoz berishdagi qoidabuzarliklar va uning vakillariga o‘tkazilgan bosimlar haqida 142 mingta ariza kelib tushgan. Falkon yangi saylov o‘tkazishni talab qildi.
Izoh (0)