O‘zbekistonning Ukrainadagi diplomatik korpusi tashabbusiga ko‘ra 6-iyun kuni “O‘zbekiston va Ukraina: iqtisodiy aloqalar rivojlanishi istiqbollari” nomli iqtisodiy forum bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Forum doirasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlar ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Ko‘rgazmada tekstil, poyabzal, maishiy texnika, oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish mollari, kimyoviy va neft-kimyo mahsulotlari taqdim etiladi.
Forumda ishtirok etishga tadbirkorlar hamda O‘zbekistonning Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Toshkent, shuningdek, Ukrainaning Lvov, Zaporojye, Xarkov, Sum, Xerson va Kiyev viloyatlari rahbariyati taklif etiladi.
Izoh (0)