16-may kuni taniqli qirg‘iz olimi, filologiya fanlari nomzodi, geografiya fanlari doktori, Chingiz Aytmatov akademiyasining akademigi, mashhur tilshunos, tarjimon Suyun Qorayev 94 yoshida olamdan o‘tdi, deb xabar beradi “Kabar”.
Suyun Qorayev O‘zbekistondagi ilmiy doiralarida va chet elda geografik obyektlarning nomini yozish qoidalari bo‘yicha malakali mutaxassis sifatida tan olingan. Ilmiy faoliyatining yo‘nalishlaridan biri toponimikadir, Qorayev ushbu sohada 1998-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Olimning ushbu yo‘nalishdagi mehnatlari toponimlarga oid umumiy savollar va toponimlar etimologiyasi, shuningdek, tarixiy toponimlar, oykonimiya va etnonimiya masalalariga bag‘ishlangan.
“Sizning mehnat yo‘lingiz nafaqat milliy ilm-fan va madaniyatning rivojlanishiga, balki Markaziy Osiyo va MDH davlatlari xalqlarining qimmatli mulkiga aylangan muhim bosqichlar bilan to‘la”, — degan edi Chingiz Aytmatov Suyun Qorayev haqida.
Izoh (0)