Kopengagen va Kembrij universitetlari olimlari yoshi taxminan 4,5 ming yil bo‘lgan suyak qoldiqlarida gepatit B virusining izlarini aniqladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Tadqiqotchilar guruhi 200—7000 yil avval yashagan 304 kishining genomini tahlil qilgan va 25 ta holatda gepatit B bilan kasallanishni aniqlagan.
Olimlar gepatit Bning 12 ta to‘liq va qisman genomini tiklagan va ularni virusning hozirgi ko‘rinishlari bilan taqqoslagan. Bu orqali virusning ming yillar davomida qanday o‘zgarganini aniqlash ko‘zlangan.
Izoh (0)