Gollivud aktyori 68 yoshli Richard Gir 35 yoshli ispaniyalik jurnalist va tadbirkor Alexandra Silvega uylandi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
5-may kuni bo‘lib o‘tgan to‘y budda qonunlari bo‘yicha o‘tkazilgan. 12-may kuni esa kelin-kuyovning Nyu-York tashqarisidagi diniy to‘y marosimi bo‘lib o‘tgan.
“Men koinotdagi eng baxtli insonman. Boshqacha bo‘lishi mumkinmi? Alexandra chiroyli, aqlli, ta’sirchan va quvnoq”, — deydi aktyor.
Aktyorning rafiqasi ham turmush o‘rtog‘iga bo‘lgan sevgisini izhor etgan:
“Qalbim sevgi bilan to‘la. U har kuni tongda meni nima baxtli qilishini so‘raydi. Sevgan insoning senga atab har kuni qo‘shiq kuylashidan ham romantik holat bo‘ladimi?”.
Richard Gir uchun bu nikoh uchinchi, Alexandra uchun esa ikkinchi bo‘ldi.
Aktyor bunga qadar model Sindi Krouford va aktrisa Keri Louell bilan turmush qurib, ajrashgan.
Izoh (0)