Buyuk Britaniyada Britaniya kino va televizion san’ati mukofotini topshirish bo‘yicha 71-marosim bo‘lib o‘tdi. Hay’at mamlakatning eng yaxshi dramatik seriali sifatida Killian Myorfi ishtirokidagi “O‘tkir soyabonlar” filmini tan oldi. Bu haqda mukofot saytida ma’lum qilingan.
Serial 1920-yillarda Angliyaga kelib joylashgan Birmingemdagi lo‘lilar to‘dalari haqida hikoya qiladi. Serial real voqealarga asoslangan. Uning yaratuvchilari to‘rtta mavsumni taqdim etgan, beshinchi mavsumning taqdimoti 2019-yilga rejalashtirilgan.
“Eng yaxshi xorijiy serial” nominatsiyasida Elizabet Moss ishtirokidagi “Xizmatkor hikoyasi” filmi g‘olib bo‘lgan. U Margaret Etvudning shu nomli asariga asoslangan va jahon inqirozi oqibatida AQSh hududida paydo bo‘lgan antiutopik totalitar davlatdagi ayolning taqdiri haqida hikoya qiladi.
Izoh (0)