Turkiyada muxolifat yetakchisi Fathulloh Gulen tomonidan boshqariladigan FETO harakati bilan bog‘liq tergov doirasida kamida 46 kishi hibsga olindi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Xabar berilishicha, Turkiya huquqni muhofaza qilish idoralari mamlakatning birdaniga 15 ta viloyatida hibsga olish ishlarini amalga oshirmoqda.
Bunday harakatlar Turkiya prokuraturasi tomonidan 86 kishiga, shu jumladan, 25 nafar amaldagi polkovnik va 47 nafar sobiq polkovnikka nisbatan order berilgach, amalga oshirilgan. Yana 14 ta order Bolu viloyatidagi sobiq o‘qituvchiga va 12 ta order mahalliy universitetning talabalariga nisbatan berilgan.
Qo‘lga olishga gumonlanuvchilarning terrorchilik guruhlari tomonidan tez-tez qo‘llaniladigan ByLock mobil dasturini ishlatgani sabab bo‘lgan.
Izoh (0)