Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Anvar Jaynaqovning ma’lum qilishicha, AQSh Suriyada vaziyatni hal qilish bo‘yicha Ostona muzokaralarining navbatdagi bosqichida ishtirok etish uchun delegatsiya yuborishdan bosh tortgan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
“AQSh delegatsiyasi Ostonada bo‘lib o‘tadigan Suriya muzokaralarining navbatdagi bosqichida ishtirok etmaydi”, — deydi Jaynaqov.
Shuningdek, Jaynaqov nima sababdan bu kabi qarorga kelinganidan bexabar ekanligini ta’kidladi.
Muzokaralarning navbatdagi bosqichi 14—15-may kunlari bo‘lib o‘tadi. Avvalroq, Qozog‘iston TIV muzokaralar jarayonida ishtirok etuvchi barcha o‘z tashriflarini tasdiqlagani haqida xabar bergandi. Mazkur uchrashuvda grant mamlakatlar — Rossiya, Turkiya va Eron, shuningdek, Suriya hukumati va muxolifat vakillaridan iborat delegatsiyalar ishtirok etadi. Bundan tashqari uchrashuvda BMT delegatsiyasi ham qatnashadi.
Izoh (0)