Irlandiyaning Offali grafligida yengil motorli samolyot qulashi oqibatida uchuvchi va yosh bola halok bo‘ldi, deb yozadi “TASS”.
13-may, yakshanba kuni kunduz Cessna Caravan gidrosamolyoti 16 nafar parashyutchini havoga olib chiqdi, ular muvaffaqiyatli yerga qo‘ngan. Shundan so‘ng samolyot Edenderri shahri yaqinida halokatga uchradi.
Halok bo‘lgan bolaning otasi yerga qo‘ngan parashyutchilar orasida bo‘lgan.
Halokat sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)