• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston Prezidenti Virtual qabulxonasi yordami bilan urush qatnashchilari ro‘yxatidan tushib qolgan jangchi nomi qayta tiklandi

    O‘zA Milliy axborot agentligi 1941-yil urushga chaqirtirilib, 1948-yil vataniga qaytgan bo‘lsa-da, urush qatnashchilari ro‘yxatidan tushirilib qoldirilgan qibraylik Qahhor ota haqida maqola e’lon qildi. Uni to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Qibray tumanining Yangiobod qishlog‘ida yashovchi urush qatnashchisi Qahhor ota Sattorovning xonadonida 9-may arafasida qo‘shaloq bayram bo‘ldi. Birinchidan, janggohlarda jon berib, jon olishgan bir jangchining pok nomi tiklanishi uchun qariyb qirq yil vaqt zarur bo‘ldi. Qahhor ota shuncha yil davomida bu yorug‘ kunning kelishini orzu qilib yashadi. Faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga xat yozganidan so‘nggina adolat qaror topdi.
    Voqea tafsilotiga o‘tishdan burun otaning umr daftariga bir ko‘z yugurtirsak.
    Q.Sattorrov yurtga fashist gazandalari bostirib kelganida endigina 21 yoshda edi. 1941-yilda Toshkent shahar Oktyabr tumani harbiy komissiriati tomonidan u harbiy xizmatga chaqirildi. O‘zbek yigiti to‘rt yil mobaynida 89,467,1107-o‘qchi polklarning tarkibida jang-u jadal kechdi, bir necha bor o‘lim bilan yuzma-yuz keldi.
    Insoniyat tarixidagi eng katta talafot keltirgan va qurbonlar bo‘lgan, 1418 kun davom etgan qonli urush ham tugadi. Q.Sattorov bu muhorabadan sog‘-omon chiqdi. Qirq yil qirg‘in-barot bo‘lsa ham ajali yetmagan o‘lmaydi, deganlari shu bo‘lsa kerak-da. Biroq, unga hali-veri yurt diydorini ko‘rish nasib etmadi. Qahhor Ozarbayjon poytaxti Boku shahridagi xalq xo‘jaligi inshootlarini tiklash ishiga safarbar qilindi. U uyidan chiqib ketganiga yetti yil o‘tgachgina ota-onasi, ukalari bag‘riga qaytdi.
    Qahhor ota tinchlik davrida ham fidokorlik namunasini ko‘rsatib mehnat qildi. Uzoq yillar Toshkent parrandachilik fabrikasida samarali ter to‘kdi va shu yerdan nafaqaga chiqdi. 1979-yilda Q.Sattorovga A №380666 raqamli urush qatnashchisi degan vaqtinchalik guvohnoma beriladi. So‘ng nimagadir urush faxriylari ro‘yxatidan tushib qoladi. Albatta, bu sho‘rolar davrida avj olgan qog‘ozbozlik, sansolarlik, loqaydlik kabi illatlarning kasri edi. Qirq yil badalida hech kim urushning boshidan oxirigacha qon kechgan jangchiga u nega ro‘yxatdan tushib qolganini tushuntirib berolmadi. Prezidentning Virtual qabulxonasiga qilingan murojaatdan keyingina ahvol o‘zgardi. Ushbu murojaat asosida Rossiya federatsiyasi mudofaa vazirligining Podolsk shahrida joylashgan markaziy arxiviga so‘rovnoma yuborildi. Bu yilgi Xotira va Qadrlash kuni bo‘sag‘asida arxivdan kelgan javob xati barcha masalaga oydinlik kiritdi. Xatga ilova qilingan arxiv ma’lumotnomasida, jumladan, shunday deyiladi:
    “1922-yilda tug‘ilgan serjant Sattarov Qahhor 1941-yilda harbiy xizmatga chaqirilgan. 328-o‘qchi diviziyasining 1107-o‘qchi polki bo‘yicha 1943-yil 23-iyunda chiqarilgan buyrug‘ida quyidagi yozuv bor:
    “2 ta dzot va 4 ta blindajni yakson qilganligi uchun 120-millimetrli minomyot to‘pchisi yefreytor Sattorov Qahhor Oliy Prezidium nomidan “Jangovar xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlansin”.
    328-o‘qchi diviziyaning 1107-o‘qchi polki 1942 yilning 30 avgustidan 1945 yilning 9 mayiga qadar harakatdagi armiya tarkibida bo‘lgan.
    Arxiv hujjatlarini saqlash bo‘limi mudiri N.Moskach”.
    Bugun Qahhor ota barcha urush qatnashchilari singari 9-mayni alohida g‘urur, zo‘r his-hayajon bilan kutib olmoqda.
    Ikkinchi quvonchli voqea esa keksa jangchiga Prezidentimizning ko‘rsatmasiga asosan, elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi iste’moli uchun 300 ming so‘mlik to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi guvohnomaning topshirilishi bo‘ldi.
    – Prezidentimizning Virtual qabulxonasi yordami bilan jangchi nomim qayta tiklanganligidan o‘zimni ikkinchi bor tug‘ilgandek his qilyapman, – deydi Qahhor ota Sattorov. – Bu hal bo‘lsa hech kim, hech narsa va hech qachon unutilmasligining bir isbotidir. Prezidentimizning “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan pul mukofoti hamda oltin soat sovg‘a qilinishi, MIB tomonidan kommunal to‘lovlarni to‘lash uchun guvohnoma berilishi esa kuchimga kuch, ruhimga ruh qo‘shdi. Shu dorilomon kunlarga eson-omon yetib kelganimizga shukronalar bo‘lsin!
    Birgina Qibray tumani bo‘yicha bunday imkoniyatdan 13 kishi foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

    14.05.2018, 09:30   Izoh (0)   10425
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Suv ostida qolgan Toshkent (fotojamlanma)

    14.05.2018, 09:17

    #UzbUSA2018: Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi arafasida “O‘zbekistonning yangi qiyofasi” kitobi taqdimoti o‘tkaziladi

    14.05.2018, 09:13

    Chilonzorda 94-yo‘nalishda qatnovchi Mercedes avtobusi yonib ketdi (foto)

    14.05.2018, 09:10

    O‘zbekistonda 5 yil o‘tib, yana xususiy qo‘riqlash agentliklari paydo bo‘lishi mumkin

    14.05.2018, 08:46

    Vashington O‘zbekiston Prezidentini kutmoqda (video)

    14.05.2018, 08:42

    Deputatlar Zarafshon shahridagi chiqindilar muammosini hal qilish uchun Ekologiya davlat qo‘mitasi raisiga so‘rov yubordi

    14.05.2018, 08:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Olimlar kuyish va yaralarni davolash uchun “suyuq” teri yaratdi

    Dunyo | 13 avgust, 00:10

    “Shtat ulkan rus merosini saqlab qolmoqda” — Alyaskaning sobiq vitse-gubernatori

    Dunyo | 12 avgust, 23:50

    Janubiy Koreya sudi sobiq prezidentning rafiqasini qamoqqa olish uchun order berdi

    Dunyo | 12 avgust, 23:40

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha testlar qachon o‘tkazilishi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 23:30

    Isroil G‘azoni bombardimon qilishni kuchaytirdi. Bir sutkada 89 kishi halok bo‘lgan

    Dunyo | 12 avgust, 23:15

    Ispaniya va Portugaliyada o‘rmon yong‘inlari avjiga chiqmoqda

    Dunyo | 12 avgust, 23:00

    Zelenskiy 22 yoshgacha bo‘lgan ukrainaliklar uchun chegaradan o‘tishni soddalashtirishni topshirdi

    Dunyo | 12 avgust, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.