O‘zbekiston va AQSh Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonga tashrifi chog‘ida 4 milliard dollarga bitim imzolash niyatida, deb yozadi Spot Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemmga tayanib.
U “O‘zbekiston 24” telekanaliga ma’lum qilishicha, bitimlar savdo, tijorat, investitsiya sohalarida tuziladi.
Lemm ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning eng istiqbolli yo‘nalishlari, xususan, neft-gaz tarmog‘i va rangli metallurgiya ekanligini aytdi.
Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi 15—17-mayga mo‘ljallangan, tomonlar bir qator hujjatlarni imzolashni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)