Indoneziyaning Sharqiy Yava provinsiyasi Surabaya shahrida politsiya uchastkasi yaqinida yuz bergan portlash oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Xodimlarimiz qurbonlar shaxsini aniqlamoqda. Ayni paytda ularning soni yettita. Barchamiz ma’lumotlar to‘playapmiz”, — deya ma’lum qildi politsiya vakili.
Eslatib o‘tamiz, 13-may kuni Surabayadagi uchta cherkovda portlashlar sodir etilgan, oqibatda 5 kishi halok bo‘lib, 35 kishi jarohatlangan edi.
Izoh (0)