Istanbuldagi “Otaturk” xalqaro aeroportida ikkita yo‘lovchi samolyoti o‘zaro to‘qnashib ketdi. Noxush hodisa tasvirlangan videoni Kokpitaero portali o‘zining YouTube’dagi sahifasiga joylashtirdi.
Rolikdan ko‘rish mumkinki, Janubiy Koreyaning Asiana kompaniyasiga tegishli A330 havo kemasi qanoti bilan Turkish Airlines’ga qarashli A321 samolyotini turtib yuborgan. To‘qnashuv oqibatida hech kim jarohat olmagan, biroq zarba natijasida A321 samolyotining dumi deyarli ajralib tushgan.
Izoh (0)