Turkiya futbol federatsiyasi qoshidagi intizom qo‘mitasi tomonidan “Istanbul” jamoasi yarim himoyachisi Arda Turan mamlakat chempionati 32-tur doirasida “Sivasspor” ga qarshi uchrashuvda (1:1) hakamga qilgan nojoiz harakatlari uchun jiddiy jazolandi, deb yozadi “Sports.ru”.
31 yoshli turkiyalik futbolchi uchrashuvning 70-daqiqasida maydonga tushgandi. U qo‘shimcha daqiqalarda qanot hakamini turtgani va bosh hakamga bildirgan e’tirozi uchun maydondan chetlatilgan edi.
Futbolchi laynsmenni turtgani uchun 10 ta o‘yinga va hakamga tahdid qilgani uchun esa 6 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Shuningdek, Arda yana 7,7 ming yevro jarima ham to‘laydi.
Shu tariqa Arda Turan joriy mavsum so‘nggi 2 ta tur va yangi mavsumning birinchi davrasidagi barcha o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.
Izoh (0)