Yengil vaznda UFC chempioni bo‘lgan Xabib Nurmagomedov o‘zining avtobiografiyasi aks etgan kitobi qachon sotuvga chiqishini ma’lum qildi, deb yozadi “Sports.ru”.
“Biz hozirda kitobni ommalashtirish, uni sotish va boshqa narsalar haqida o‘ylab turibmiz. Ko‘plab fikrlar mavjud. Bu haqda may oyi oxiriga qadar aniq ma’lumot bo‘ladi, albatta. Ammo nasib etsa, shu yil oxiriga qadar kitob sotuvga chiqadi. Kitobning 90 foizi yakunlangan. Atigi 10 foizlik ishi qolgan, xolos”, — dedi Xabib.
Ma’lumot uchun Nurmagomedov joriy yilning aprel oyida El Yakvintani mag‘lub etib, UFC chempioniga aylangan edi.
Izoh (0)