Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Musayev Behzod Anvarovich qo‘mita raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. Bu haqda “Xabar.uz” ma’lum qildi.
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov bugun jamoaga uni rasman tanishtirgan.
Behzod Musayev 2018-yilning 12-mart kuni O‘zbekiston davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.
Oldinroq Botir Parpiyev qo‘mita raisi lavozimidan ketgani ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)