O‘zbekiston ichki ishlar vazirining 10-maydagi buyrug‘iga asosan siyosiy boshpana so‘rash haqidagi iltimosnoma shakli tasdiqlandi. Bu haqda Norma xabar berdi.
Hujjatda shaxsiy ma’lumotlardan tashqari shaxsdan boshqa davlatda yoki yashash joyida unga nisbatan xavf mavjud yoki yo‘qligi, shuningdek xavfning yuzaga kelish sababini ko‘rsatish so‘raladi.
Bundan tashqari, iltimosnomada siyosiy boshpana so‘raydigan yaqin qarindoshlarni ham ko‘rsatish mumkin. Bu holatda ular ham iltimosnomaga imzo chekishi kerak.
Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10-maydan kuchga kirgan.
Izoh (0)