O‘zAning Respublika Gidrometeorologiya markaziga tayanib xabar berishicha, 12-may kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 5—10 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 12—17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 21—23, kunduzi 27—29 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda sekundiga 17—22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13—18 daraja iliq, kunduzi 27—32 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda sekundiga 17—22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20—25 daraja iliq, kunduzi 27—32 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda sekundiga 17—22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 18—23 daraja iliq, kunduzi 27—32 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda sekundiga 17—22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 18—23 daraja iliq, kunduzi 28—33 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda sekundiga 17—22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20—25 daraja iliq, kunduzi 27—32 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda sekundiga 17—22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13—18, kunduzi 15—20 daraja iliq bo‘ladi.
Izoh (0)