6-may kuni Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent shahrining Yashnobod tumanida namunali harbiylar va ularning oilalariga 250 ta yangi xonadonlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi uylarning kalitlarini shaxsan O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Abdusalom Azizov topshirdi.
Yangi harbiy shaharcha yaqin kunlargacha umuman obodonlashtirilmagan hudud bo‘lgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumaniga tashrif buyurgan chog‘ida ushbu hududni obodonlashtirish va shu yerda harbiy shaharcha qurish zarurligi to‘g‘risida fikr bildirgan edi. Qisqa vaqtda Olmos mahallasida 18 ta 5 qavatli keng va qulay xonalarga ega uylar qurib bitirildi, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, yaqin orada harbiy shaharchada maktab, poliklinika va bolalar bog‘chasi kabi ma’muriyat obyektlari barpo etiladi.
Zamonaviy harbiy shaharcha qurilishining ikkinchi bosqichi doirasida 900 ta xonadonga mo‘ljallangan 30 ta 5 qavatli uylarning qurilishi boshlab yuborildi.
Izoh (0)