Yangi Zelandiyadagi fermalardan birida “Tomo” deb nom olgan ulkan jarlik hosil bo‘ldi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Rotorua shahri yaqinidagi ushbu jarlikning uzunligi 200 metr, chuqurligi 20 metrga yetadi. Uni mahalliy fermer Kolin Tremeyn uzoq davom etgan jaladan so‘ng ko‘rib qoldi.
Bu fermada so‘nggi yillarda paydo bo‘lgan to‘qqizinchi jarlik, ammo yangi zelandiyalik vulqonshunos Bred Skott qayd etishicha, ushbu jarlik o‘zi o‘rganib chiqqan avvalgi jarliklardan uch marotaba kattaroqdir.
“Tomo” jarligi so‘nggi marta 60 ming yil ilgari otilgan qadimiy vulqon krateri ustida hosil bo‘lgani tufayli, olimlarning qiziqishiga sababchi bo‘ldi.
Izoh (0)