Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShning sobiq prezidenti 93 yoshli katta Jorj Bush shifoxonadan chiqdi. Shifokorlar uning ahvolini yaxshi deya baholadi. Bu haqda oilaning rasmiy vakili Jim Makgrat Twitter orqali ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: AP

Foto: AP

“Sobiq prezident katta Jorj Bush infeksiyadan davolanib bo‘lgani sabab Xyustondagi shifoxonadan chiqdi. Uning doktorining ma’lum qilishicha, sobiq prezidentning ahvoli joyida va u o‘z uyiga qaytayotganidan xursand”, — deyiladi xabarda.

Aprel oyining oxirlarida AQSh sobiq prezidenti infeksiya sababli shifoxonaga tushib qolgani haqida xabar berilgandi. Shundan so‘ng Jim Makgrat katta Bush o‘zini yaxshi his qilayotganini, biroq bir haftacha reanimatsiya bo‘limida yotishini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, katta Jorj Bushning rafiqasi Barbara Bush joriy yil 17-aprel kuni 92 yoshida vafot etgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Afg‘on xalqining sabri bilan o‘ynashmang” — “Tolibon” qo‘mondonlaridan biri Eronni bosib olish bilan tahdid qildi  
Dunyo
Xitoyda qayta avj olishi kutilayotgan kovid, 3-marta saylangan Erdo‘g‘on, bir oydan beri namoyish o‘tkazayotgan hind sportchilari — 29-may suratlari
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi