Pokistonning Belujiston viloyati Kvetta okrugidagi ko‘mir shaxtasidagi qulash oqibatida kamida olti ishchi halok bo‘ldi, boshqa o‘nlab kishilar turli darajada tan jarohati oldi.
“RIA Novosti” axborotiga ko‘ra, avariya gaz portlashi oqibatida yuz bergan. Hozirgi vaqtda yana 11 nafar konchi shaxta qamalib qolgan, voqea joyida ularni qutqarish bo‘yicha operatsiya olib borilmoqda.
Favqulodda hodisa yuz bergan joyga mahalliy ma’muriyat vakillari yetib kelgan. Qayd etishlaricha, shaxtadagi konchilarning deyarli bari bir qishloq vakillari bo‘lgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Pokiston ko‘mir shaxtalaridagi falokatlar oqibatida har yili 100 dan 200 nafargacha odam halok bo‘ladi.