Air France-KLM aviakompaniyasining bosh direktori Jan-Mark Janayyak aviakompaniya xodimlari o‘zi tomonidan taklif etilgan mehnat haqi to‘g‘risidagi shartnomani qabul qilishdan bosh tortganidan keyin iste’foga chiqadigan bo‘ldi. Bu haqda Le Figaro’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Shartnoma maoshlarni 2018-yilda 2 foizga, shundan so‘ng uch yil davomida yana 5 foizga oshirishni o‘z ichiga olar edi. Hujjatning qabul qilinishiga qarshi xodimlarning 55,4 foizi ovoz bergan.
Aviakompaniya xodimlari mart va fevral oyida inflyatsiya sabab maoshlarini oshirishni so‘ragan holda ish tashlash e’lon qilgandi. Mazkur mojarolar oqibatida kompaniya 296 million yevro zarar ko‘rdi.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda Ryanair kompaniyasi Air France bankrotlikka uchrashini bashorat qilgandi.