PSJ hujumchisi Edinson Kavani Fransiya chempionatining 35-turidan o‘rin olgan “Gengam” (2:2) jamoasiga qarshi uchrashuvda ikkita gol urib, dubl muallifiga aylandi.
Bu orqali urugvaylik hujumchi PSJ tarkibidagi gollari sonini 115 taga yetkazidi va klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylanib oldi.
Avvalgi rekord Zlatan Ibragimovichga tegishli bo‘lib, uning hisobida 113 ta gol bor edi.
Liga 1 ning amaldagi mavsumida Kavani 27 ta gol urib, musobaqa to‘purarlari jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi.
Izoh (0)