Uzsanoatexport kompaniyasi Uz Af Trading Company O‘zbekiston-Afg‘oniston savdo uyi bilan birgalikda 28-aprel kuni “SamAvto” korxonasida ishlab chiqarilgan 12 ta Isuzu tez yordam avtomobillaridan iborat birinchi partiyani Afg‘oniston Sog‘liqni saqlash vazirligi ehtiyojlari uchun topshirdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Avtomobillar Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining o‘tgan yil dekabrida O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarga muvofiq yetkazib berildi.
2018-yil mobaynida Afg‘onistonga 5,7 million dollarlik 121 ta avtomobil yetkazib berilishi kerak.
Izoh (0)