Astronomlar xalqaro guruhi bir-biri bilan to‘qnashib ketgan 14 ta galaktika qo‘shilmasini aniqladi, deb yozadi TJournal.
Galaktikalar qo‘shilib ketgan joy Yerdan 12 milliard yorug‘lik yili masofasida joylashgan. Qo‘shilishdan chiqqan yorug‘lik Katta portlashdan 1,4 milliard yil keyin Yerga sayohatini boshlagan, o‘shanda Koinotning yoshi hozirgi yoshining o‘ndan biriga teng bo‘lgan. Olimlar tomonidan SPT2349-56 deb nomlangan protoklaster Katta portlashdan keyin milliard yil o‘tib hosil bo‘lgan.
Galaktikalarni kompyuterda modellashtirish natijalari vaqt o‘tishi bilan uchbu klaster yig‘ilib-yig‘ilib, eng yirik hajmli tuzilmalardan biriga — ehtimol, zamonaviy Koinotda ma’lum bo‘lgan eng katta obyektga aylanishini bashorat qilmoqda.
Izoh (0)