Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fransiyaning aviakosmik, harbiy va dengiz sanoati uchun axborot tizimlarini ishlab chiqaruvchi Thales International kompaniyasi sun’iy yo‘ldosh va sun’iy yo‘ldosh uskunalarini ishlab chiqarish sohasida O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

Foto: Thales International

Foto: Thales International

Kompleks kosmik tizimlar, jumladan, turli maqsadlarga mo‘ljallangan sun’iy yo‘ldoshlarni uchirish va boshqarish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston hududida mahalliy mutaxassislarni o‘qitish uchun Thales International texnologik bazasi tashkil etilishi mumkin.

Bundan tashqari, kompaniya O‘zbekistonga kosmik texnologiyalardan foydalangan holda yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanish uchun infratuzilmalarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirishni taklif qildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil fevralida prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasida kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishni imzolagan edi. Unda mamlakatda kosmik va sun’iy yo‘ldosh texnologiyalarini joriy etish konsepsiyasini ishlab chiqish topshirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Bundesliga. “Bavariya” safarda g‘alaba qozondi va Germaniya chempioniga aylandi, “Borussiya D” o‘z maydonida “Mayns”ni yenga olmadi 
Dunyo
Yuk mashinasidan chiqqan natsistlar bayrog‘i, Buddaning tug‘ilgan kuniga atalgan ajdaho, model bo‘lgan chixuaxua — hafta suratlari
Mahalliy
Qamchiq dovonida tormozi ishlamay qolgan yuk mashinasi YTH sodir qildi