O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining mediamarkazida 21-aprel kuni o‘t o‘chiruvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
Uchrashuvda yong‘in xavfsizligi bo‘linmasi xodimlari tomonidan maskan ishchi va xizmatchilari o‘rtasida yong‘inlarning oldini olish, ularning kelib chiqishi sabablari, yong‘in sodir bo‘lgan holatlarda to‘g‘ri harakat qilish, tovar-moddiy boyliklarini yong‘indan himoya qilish bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
“Uchrashuv davomida yig‘ilish qatnashchilariga birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish ko‘rsatib berildi, mediamarkaz xodimlarining yong‘in xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishidagi barcha savollarga javob berildi”, — deyiladi rasmiy axborotda.
Qayd etishlaricha, mazkur uchrashuv O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 23-maydagi “Ichki ishlar organlari yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 6-bandi ijrosi doirasida bo‘lib o‘tgan.
Izoh (0)