Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida 18-aprel kuni 1979-yilda tug‘ilgan M.Sh uyidan tan jarohatlari bilan kasalxonaga olib kelindi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, M.Sh 22-aprel kuni vafot etdi.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida 18-aprel kuni soat 03:00 atrofida Tayloq tumanida yashovchi, 1996-yilda tug‘ilgan J.O uyida o‘zaro janjal oqibatida qarindoshi M.Sh. tanasining turli joylariga urib-tepib, tan jarohati yetkazganligi aniqlandi.
J.O qo‘lga olindi.
Izoh (0)